Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tizimida hisobot saylov konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar
Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi Oqqo’rg’on tuman Tibbiyot birlashmasiida 2023 — 2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan ish beruvchi va boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasining yig’ilishi hamda boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o’tkazildi.

Hisobot-saylov konferensiyasida boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining besh yillik hisoboti tinglandi. Yig’ilishda boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi raisining hisoboti qoniqarli deb ma’qullandi hamda ko’rsatilgan nomzodlar ichidan bir ovozdan D.Axmedov 5 yil muddatga qo’mita raisi etib saylandi.
Print Friendly, PDF & Email