“Mehnat muhofazasi xodimning xavfsizligi va ish samaradorligi asosi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Kengash yangiliklari Yangiliklar
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining 2025-yil I yarim yillik ish rejasiga asosan Yuqori Chirchiq tuman “Sultonravot” madaniyat markazida “Mehnat muhofazasi xodimning xavfsizligi va ish samaradorligi asosi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarga “Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Yuqori chirchiq tuman Kengashi, kasaba uyushmasiga a’zo tashkilotlar – maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari ish beruvchilari, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlar taklif etildi.

Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O’.Rashidov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi D.Samarbekov, Toshkent viloyati bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori M.Mirxomidov, «Uzagrosug‘urta” AJ Toshkent viloyati filiali rahbari o‘rinbosari M.Qaldibayev, O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasi Toshkent viloyat Kengashi Mehnat-huquq inspektori M.Mirzayev va Mehnat-texnik inspektori Sh.Xazratkulovlar ishtirok etishdi.

Ushbu seminarda so’zga chiquvchi mas’ullar tomonidan mehnat muhofazasi boʻyicha taʼlim sohasidagi muammolar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va ularni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi ahamiyati, «O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi»ga kiritilgan o‘zgartirishlar to’g’risida ma’ruza qilishdi.

Seminar ishtirokchilari kerakli bo’lgan ma’lumotlar olishdi va o’zlarining savollariga to’liq javoblar olishdi.
Print Friendly, PDF & Email