Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan «UzbekNeftGaz» AJ homiyligida 8-mart — «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan Toshkent shahrida «Lady Run» yugurish musobaqasi bo’lib o’tdi.
Yugurish marafonida Toshkent viloyati Bo’ka tumani 3-sonli eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti raisi R.Sharipova faol qatnashdi va homiy tomonidan maxsus medal bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, ro’yxatdan o’tish to’lovlarining bir qismi autizm spektri buzilishi (ASB) bilan yashayotgan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltiriladi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: