Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tizimida hisobot-saylov yig’ilishi o’tkazildi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi O‘rta Chirchiq tumani Kengashi tizimidagi 54-sonli maktab ma’muriyati va boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti o’rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi hamda 2025-yil uchun qo‘shimchalar kiritish va boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Umumiy yig‘ilishida jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan maktab direktori D.Bayjanova va boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mita raisi Albina Romanovalarning hisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomasining 2024-yildagi ijrosi yakunlari bo‘yicha nazorat qiluvchi komissiya dalolatnomasi tasdiqlanib qo‘shimchalar kiritildi.

Hisobot-saylov yig‘ilishi kun tartibida boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-yil fevral oyidan 2025-yil fevral oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti, kasaba uyushma qo‘mita raisligi hamda raisi o‘rinbosarligiga, qo‘mita a’zolari tarkibiga va tuman tashkiloti konferesiyasiga delegat saylash kabi masalalar ko‘rib chiqildi va bir ovozdan ochiq ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi.

 

Print Friendly, PDF & Email