Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Chinoz tuman kengashi tasarrufidagi “Agrobank” ATIB boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining 2020-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yuzaisdan hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan hisoboti tinglandi. Kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqqanlar va muzokaralardan so‘ng boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining faoliyati “qoniqarli” deb baholandi. Yig‘ilishda qo‘mita a’zolari tuman kengashi konferensiyasiga delegatlar saylandi. Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga D.Nosirova saylandi. Yig‘ilishda Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi O.Akbarov ishtirok etdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: