8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Kasaba uyshmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Kengash yangiliklari Yangiliklar

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, tarmoq kasaba uyushmalari Kengashlari raislari va mas’ullari hamda O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi xodimlari ishtirok etdi.

Viloyat Kengashi raisi S.Fayziyeva jamoadagi ayollarni bayram munosabati bilan tabriklab, tashkilotda xotin-qizlarning mehnat qilishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish borasida doimiy ish olib borilishini bildirdi. Shuningdek, ayol xodimlarning mehnat faoliyatidagi jonkuyarligi, o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondoshishi va sidqidildan bajarishi, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatlari e’tirof etildi.

Mehnat jamoasi vakillari ham so‘zga chiqib ayollarni bayram munosabati bilan tabrikladi.

Ayol xodimalarga viloyat kengashining bayram sovg‘alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email