Parkent tumani Parkent – Chotqol davlat biosferasi qo‘riqxonasi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda 2024-yilda jamoat shartnomasini bajarilishi bo‘yicha ish beruvchi J.Dustov va boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raisi M.Mirhayotovning hisobotlari xamda nazorat-taftish komissiyaning axboroti tinglandi.

Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topildi. Yig‘ilishda qo‘mita azolari, tuman kengashi konfrensiyasiga delegatlar hamda tuman kengashi tarkibiga vakil saylandi. Parkent – Chotqol davlat biosferasi qo‘riqxonasi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raisi etib M.Mirhayotov saylandi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: