«Ayolga ehtirom» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Kengash yangiliklari Yangiliklar

6-mart kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida 8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga ehtirom” mavzusida madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ayolga ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyat kelajagini belgilab beruvchi kuch ekanligi, yurtimizda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha fikr yuritdi. Shuningdek, kasaba uyushmalari tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ham mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish orqali Yangi O‘zbekistonning taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissalari e’tirof etildi.

2025-yil 1-yanvar holatiga Toshkent viloyatidagi 3 118 ta boshlang‘ich kasaba uyshma tashkilotlarida 544 039 nafar a’zo bo‘lib, shundan 256 510 nafarini ayollar tashkil etadi.

Toshkent viloyati bo‘yicha 2025-yil 1-yanvar holatiga mahalliy hokimliklar, homiylar va kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan jami 129 649 nafardan ortiq xotin-qizlarga moddiy yordamlar (dori-darmon, davolanish, kommunal to‘lovlar va boshqa to‘lovlar) ajratildi, 1 197 nafar xotin-qizlarning doimiy ish bilan bandligi ta’minlandi.

Jamoa shartnomalarining “Ayollar mehnatini tartibga solish, ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga beriladigan qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar” bo‘limidagi bandlarning ijrosi ish beruvchilar va kasaba uyushmalari tomonidan bajarilib Mehnat kodeksining 409-moddasi asosida 841 nafar 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga ish vaqtining haftasiga 35 soatdan oshmaydigan qisqartilgan muddati belgilandi,shuningdek, 2 yoshdan 3 yoshgacha bola parvarishi uchun ta’tilda bo‘lgan 1 554 nafar yosh onalarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Ishlovchi xotin-qizlarning salomatliklarini tiklash maqsadida 2024 yil davomida sanatoriylarga ijtimoiy sug‘urta budjeti hisobidan 2 073 dona yo‘llanma (shundan 230 nafariga bepul yo‘llanma), kasaba uyushmasi badali hisobidan 248 dona yo‘llanmalar ajratildi.

Korxona, muassasalardagi 15 174 nafar xotin-qizlar uchun kasaba uyushmalari tomonidan Xiva, Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkil etildi.

Shuningdek, ijtimoiy-huquqiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-yil davomida xotin-qizlardan 106 ta yozma, 8 ta elektron murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 101 nafarining huquqi tiklandi va amaliy yordamlar ko‘rsatilib, 5 nafari tegishliligiga ko‘ra boshqa organga yuborildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ayolga ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyat kelajagini belgilab beruvchi kuch ekanligi, yurtimizda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha fikr yuritdi. Shuningdek, kasaba uyushmalari tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ham mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish orqali Yangi O‘zbekistonning taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissalari e’tirof etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 120 nafar xotin-qizlarga tabriknoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Print Friendly, PDF & Email