Huquqiy savodxonlik

Yangiliklar

❓ Savol: Qanday ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi?

💬 Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida”gi Nizomning I bo‘limi, 3-bandiga binoan, tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan shikast yetkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida shikastlanishi holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma’lumotlariga ko‘ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.

Print Friendly, PDF & Email