3-mart kuni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida Toshkent viloyati Kengashi boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining 2021-yil fevralidan 2025-yil fevraligacha boʻlgan davrdagi faoliyati yakunlari yuzasidan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari A.Yuldashev hamda Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati Kengashi raisi N.Komilovalar ishtirok etdi.
Yigʻilishda boshlangʻich kasaba uyushma tashkiloti raisi M.Salixova tomonidan oʻtgan 5 yil davomida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, Jamoa shartnomasidagi bandlarning bajarilishi, xodimlarga yaratilgan imtiyoz va shart-sharoitlar, shuningdek, moliyaviy hisobotlar oʻqib eshittirildi.
Shundan soʻng mehnat jamoasi tomonidan boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi, ijroiya qoʻmita aʼzolari va nazorat taftish komissiyasi tarkibi saylandi. “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida Nizom”ga asosan ochiq ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan hisobot saylov-yigʻilishida amaldagi boshlangʻich kasaba uyushma tashkiloti raisi M.Salixova mehnat jamoasi tomonidan qayta saylandi.
Boshlangʻich kasaba uyushma tashkiloti aʼzolari tomonidan oʻtgan davr mobaynidagi faoliyat yuzasidan fikr-mulohazalar, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yanada yaxshilashga qaratilgan takliflar bidirildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: