Boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchilari uchun o’quv-seminari o’tkazildi.

Viloyat yangiliklari Yangiliklar

Joriy yil 3-mart kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida “Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilolarining asosiy maqsadi va vazifalari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati, 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar dasturi” ijrosi yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi M.Xamzayev hamda Toshkent viloyatining barcha kuch tuzilmalaridagi harbiy qism boshlang‘ich yoshlar tashkilotlari yetakchilari ishtirok etdi.

Seminarda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda yurtimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish yoʻnalishida kelgusidagi vazifalar, ushbu yoʻnalishda Yoshlar ittifoqi va Kasaba uyushmalarining hamkorlikdagi imkoniyatlari toʻgʻrisida atroflicha fikr bildirdi. Shuningdek, Kasaba uyushmalarining 120 yillik tarixi va bugungi kundagi faoliyati hamda harbiy qismlarda faoliyat olib boruvchi xodimlar uchun beriladigan imtiyoz va qulayliklar to’g’risida atroflicha ma’lumot berdi.

Seminar davomida tegishli masʼullarning 2024-yildagi faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi. 2025-yildagi ustuvor maqsad va vazifalar belgilab olindi.

Print Friendly, PDF & Email