Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan «Navoiy va Bobur merosi — beqiyos maʼnaviy xazinadir» mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi — S.Fayziyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri, senator — Mahmud Toir, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi — R.Sheraliyev, «Nuroniy» jamg’armasi Toshkent viloyati bo’limi raisi — A.Nosirovlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va videorolik namoyish etildi. Shuningdek, O’zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi R.Sheraliyevlar tomonidan Navoiy hamda Boburning hayoti va ijodi to’g’risida she’r va g’azallar o’qib eshittirildi.
Toshkent viloyati «Barkamol avlod» bolalar maktabi to‘garak a’zolari Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiga bag‘ishlangan badiiy namoyishi bilan tadbir qatnashchilarini xushnud etdi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: