Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan yangi “Texnologik metallar kombinati” AJning kasaba uyushma qo‘mitasini tashkil etish ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Kombinatda 1400 ta ishchi-xizmatchi mehnat qiladi. Bir yarim oylik muzokaralar natijasi o‘laroq, ular “O‘zmetmashsanoat” kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent hududiy Kengashi tarkibiga a’zo tashkilot sifatida qabul qilindi.

Saylov jarayonlari yopiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi. Konferensiya ishida Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Shoikrom Isroilov delegatlarning barcha savollariga to‘liq javob berib, kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berdi.

Konferensiyada Toshkent hududiy Kengash raisi A’lo Allautdinova va Toshkent viloyati kasaba uyushma Kengashi bosh mutaxassisi Erbutayev Sobir ishtirok etdilar. Konferensiya delegatlari yopiq ovoz bilan Axmedov Sherzod Shamsiddinovichni kasaba uyushma qo‘mita raisi lavozimiga sayladilar.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: