“O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan hisobot-saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish” mavzularida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

Chirchiq shahridagi 19-umumta’lim maktabida “Jamoa kelishuvining 2024-yilda bajarilishi» hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan hisobot-saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish” mavzularida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Sh.Zokirov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.Gaziyeva, Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻba bosh metodisti N.Axmedova, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Chirchiq shahridagi 60 ta boshlang‘ich tashkilotlari raislari ishtirok etdi.

Seminarda ma’ruzachilar tomonidan yig‘ilganlarga joriy yilda jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomalarining 2024-yildagi ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar, shuningdek, tizimdagi barcha tashkilotlarda hisobot-saylovlar o‘tkazilishi ta’kidlanib, hisobot-saylov yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish va tashkil etish tartibi, yig‘ilishni tashkil etish bosqichlari, yig‘ilish kun tartibiga kiritilishi kerak bo‘lgan dolzarb masalalar, mehnat jamoalari o‘rtasida hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazilishi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Print Friendly, PDF & Email