O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarini yuqori saviyada o‘tkazilishi yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi

Hisobot-saylov yig'ilishlari Kengash yangiliklari Yangiliklar

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarini yuqori saviyada va belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi yuzasidan viloyat Kengashi raisi boshchiligida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Bu rasmning bo'sh alternativ attributi bor; uning fayl nomi photo_2025-01-24_11-50-48-1024x768.jpg

Yig’ilishda «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida» NIZOM hamda kasaba uyushmalari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo’yicha tushuntirish berilib, ushbu hujjatlarga qat’iy rioya etgan holda hisobot-saylov yig‘ilishlari, konferensiyalari, qurultoylar o‘tkazilishini ta’minlash, mazkur masalada quyi kasaba uyushmalari tashkilotlariga amaliy hamda uslubiy yordam ko‘rsatish, ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan raislar saylovini demokratik tamoyillar, shaffoflik, oshkoralik, muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazishning mazmun-mohiyati, tartibi to‘g‘risida muhokama bo‘lib o‘tdi.

Bu rasmning bo'sh alternativ attributi bor; uning fayl nomi photo_2025-01-24_11-50-51-1024x768.jpg

Hisobot-saylov jarayoni muhokamasi bilan bir qatorda, mamlakatimizda ilk kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligini jamoatchilikka yetkazish uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish va keng nishonlash bo‘yicha takliflar berilib, vazifalar belgilandi.

Bu rasmning bo'sh alternativ attributi bor; uning fayl nomi photo_2025-01-24_11-50-53-1024x768.jpg

Shuningdek “Ayollar daftari”ning 6-bosqichida ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan amaliy yordamlarning haqqoniyligi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish maqsadida hududlarga biriktirilgan mas’ullar uchun tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Print Friendly, PDF & Email