O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari uchun o’quv seminar tashkil etildi.

Viloyat yangiliklari Yangiliklar

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyat Kengashi katta majlislar zalida O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi D.S.Sadullayev boshchiligida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya Qo‘mitasining 2024-yil 27-dekabrdagi “2024-yil davomida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasiga a’zolikka olishning bugungi holati va kelajakdagi vazifalar hamda korxona va tashkilotlarni «Kasaba KIAT» platformasiga joylashtirilishi to‘g‘risida”gi XVI-3-sonli qarorida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda boshlang‘ich tashkilotlarda jamoa shartnoma bajarilishi muhokamalari va hisobot saylov yig‘ilishlarini o‘tkazishga tayyorgarlik holati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Print Friendly, PDF & Email