“Ayollar daftari” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Viloyat yangiliklari Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida Toshkent viloyatida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Videoselektor shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori o‘rinbosari S.Artikova, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan biriktirilgan vakil А.Yoʻldoshev, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari O.Tursunov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Normirzayeva, viloyat shtabi a’zolari, tegishli boshqarma va tashkilot rahbarlari, tuman-shahar hokim o‘rinbosari — Oila va xotin qizlar bo‘limi boshliqlari, tuman-shahar studiyalaridan tuman-shahar sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari va“Mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyatida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichi yakunlari hamda 6-bosqichi bo‘yicha bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 833-sonli Qarori hamda Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2024-yil 14-dekabrdagi yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Joriy yilning 6-yanvaridan boshlab 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 696432 nafar xotin-qizlar «Mahalla yettiligi» tomonidan xatlov o‘tkazilib, anketa so‘rovnomalari to‘ldirish ishlari olib borilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email