Joriy yil 17-yanvar kuni Yuqori Chirchiq, Ohangaron tumanlari va Angren shahrida mazkur hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari hamda Ta’lim va fan xodimlari Kasaba uyushmalarining shu hududlardagi kengashlari o‘rtasida 2023 – 2025-yillar uchun tuzilgan jamoa kelishuvlarining 2024-yildagi ijrosi yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishlarda O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Rashidov, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Toshkent viloyati buyicha mas’ul tashkilotchisi R.Gaziyeva, “Ishonch” gazetasi maxsus muxbiri X.Egamberdiyeva, tuman-shahar, Adliya bo‘limlaridan mas’ullar, joylardagi MMTB mas’ullari, boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari, MTT hamda umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishlarda jamoa kelishuvlarida belgilangan vazifalar yuzaisdan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalarining 2024-yildagi dalolatnomalari, jamoa kelishuvlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari o‘qib eshittirildi. Yuqori turuvchi organlar mas’ullari tomonidan jamoa kelishuvlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishlarda jamoa kelishuvlarining 2024-yildagi ijrosi qoniqarli baholandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: