O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda Zangiota tumani hokimligi, tuman Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi hаmkorligidа ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash shunigdek, xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratish maqsadida, 2024-yil 26-mart kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Oybek MFYda joylashgan “Madaniyat saroyi” binosida “Bo’sh ish o’rinlari” mehnat yarmarkasi o’tkazildi.
Tadbir davomida 2-sektor hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlarining bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Bunda doimiy ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad:
2023-2024 yil bitiruvchilari, xarbiy xizmatni o’tab kelgan yoshlar, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganlar, aliment to’lovchi ishsiz fuqarolar va ish topishda qiynalayotgan ishsiz fuqarolarning bandligiga ko’maklashish;
O‘tkazilgan tadbirda tumanning 2-sektor hududidan 16 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 119 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. 132 nafar ishsizlar (42 nafar yoshlar, 74 nafar xotin-qizlar) qatnashgan bo‘lsa, yarmarka natijasiga ko‘ra, 23 nafar fuqarolar (5 nafari yoshlar, 12 nafari ayollar) ishga joylashish uchun yo’naltirildi, 10 nafar fuqarolar (4 nafar yoshlar, 7 nafar ayollar) kasbga qayta o’qitishga yo’naltirildi, 43 nafar fuqarolarga murojaatlari bo’yicha huquqiy ma’lumotlar berildi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: