Javob: Kasaba uyushmasi – fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmasi to‘g‘risidagi Qonuni” ning 4-moddasida “Mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ta’lim olayotgan, 15 yoshga to‘lgan shaxslar (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) hech qanday tafovutsiz o‘z tanloviga ko‘ra va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga, shuningdek, kasaba uyushmalariga ularning ustavlariga rioya etish sharti bilan a’zo bo‘lish huquqiga egadir”, – deyilgan. Ya’ni Siz, mehnat qilayotgan korxonada kasaba uyushma tashkiloti bo‘lmasa, kamida 5 nafar xamkasblaringiz bilan birgalikda uni tashkil etishingiz mumkin. Oldindan qaysi tarmoq kasaba uyushmasiga kirmoqchi bo‘lsangiz o‘sha tarmoq kasaba uyushmasining ustavi bilan tanishgan holda korxona mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazib, kasaba uyushmasi tashkilotini tuzish va tarmoq kasaba uyushmasi tizimiga kirish xaqida qaror qabul qilinadi.
Boshlang‘ich tashkilot tashkil etilgandan so‘ng, o‘n kun muddatda bu haqida tarmoq kasaba uyushmasiga xat orqali xabar qilinadi. Boshlang‘ich tashkilotning mazkur xati asosida kasaba uyushmasining yuqori tashkiloti boshlang‘ich tashkilotni kasaba uyushmasi xizmatiga qabul qilish qarorini qabul qiladi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: