Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi.

Viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yurituvchi xodimlar uchun Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi.

Ushbu safar davomida ishtirokchilar yurtimizning boy tarixiy merosi, muqaddas qadamjolari bilan yaqindan tanishib, ma’naviy hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bunday tashabbuslar xodimlarning mehnatini qadrlash, ularning ruhiy va ma’naviy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Print Friendly, PDF & Email