Ayollar daftarining 7-bosqichi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Toshkent viloyatida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya (ZOOM) orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig’ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mas’ul xodimi T.Bozorov, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Normirzayeva, O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, videokonferensiya orqali tuman (shahar) va mahallalarga biriktirilgan respublika hamda viloyat mas’ul xodimlari, tuman (shahar)lar hokim o’rinbosarlari, shuningdek, tuman (shahar) Mahallalar uyushmasi raislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Yig’ilish davomida xatlov qilingan xotin-qizlarning «Ayollar daftari»ga haqqoniy tarzda kiritilishi, har bir mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar holati to’liq o’rganilganligi bo’yicha muhokama qilindi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 239-sonli qarori mazmun-mohiyati hamda boshqa muhim masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

Print Friendly, PDF & Email