Nuroniylar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, nuroniylarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida sportning shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha “Kasaba uyushmalari – salomatlik sari” viloyat spartakiadasi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.



Musobaqaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent viloyati bo‘limi boshlig‘i A.Nosirov hamda Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i R.Bobokulovlar ishtirok etib, sport musobaqasiga rasman start berdilar. So‘zga chiqqanlar nuroniylarning jamiyatdagi o‘rni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdagi ahamiyati hamda sportning inson salomatligini mustahkamlashdagi beqiyos o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.



Musobaqa davomida viloyatning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan faol nuroniy otaxon va onaxonlar sportning shaxmat, shashka hamda stol tennisi yo‘nalishlarida o‘zlarining bilim, tajriba va mahoratlarini namoyish etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar sportga xos halollik, do‘stlik va o‘zaro hurmat muhitida o‘tkazilib, ishtirokchilarning yuksak faolligi va intilishlarini yaqqol namoyon etdi.






Musobaqa natijalariga ko’ra quyidagi ishtirokchilar g’olib va nominatsiyalar sohiblari bo’lishdi:
Ayollar o’rtasidagi stol tennisi sport turi bo’yicha:
1-o’rin – Noxansemi Era Leonidovna (Olmaliq shahri)
2-o’rin – Nogay Larisa Nikolayevna (Chirchiq shahri)
3-o’rin – Yusupova Elvira Namanovna (Angren shahri)
Erkaklar o’rtasidagi stol tennisi sport turi bo’yicha:
1-o’rin – Kim Vladimir Yurevich (Olmaliq shahri)
2-o’rin – Tairov Abdumalik Tashxanovich (Chirchiq shahri)
3-o’rin – Rasulmetov Gulmat Shermatovich (Bo’stonliq tumani)
Ayollar o’rtasidagi shashka sport turi bo’yicha:
1-o’rin – Nuriddinova Dilbar Salomovna (Parkent tumani)
2-o’rin – Sobirbayeva Sholpan O’rinboyevna (Chirchiq shahri)
3-o’rin – Normatova Lola (Bekobod shahri)
Erkaklar o’rtasidagi shashka sport turi bo’yicha:
1-o’rin – Xalilov Seytnur Djemilevich (Chirchiq shahri)
2-o’rin – Achilkuvatov Shuxrat Shaymanovich (Angren shahri)
3-o’rin – Sariboyev Asqar Qo’chqorovich (Oqqo’rg’on tumani)
Ayollar o’rtasidagi shaxmat sport turi bo’yicha:
1-o’rin – Bekmambetova Gulnora Abduraxmanovna (Chirchiq shahri)
2-o’rin – Abduraxmanova Nigora Tojiddinovna (Parkent tumani)
3-o’rin – Djumadullayeva Gulziynat Ibragimovna (Yangiyo’l tumani)
Erkaklar o’rtasidagi shaxmat sport turi bo’yicha:
1-o’rin – Atamatov G’ayrat Ergashevich (Toshkent tumani)
2-o’rin – Muzaffarov Umar Abdug’afforovich (Parkent tumani)
3-o’rin – Xakimov Qahhorjon (Yangiyo’l shahri)
«Eng ziyrak ishtirokchi» nominatsiyasi sohibi – Usmonov Abdukarim Mamadaminovich (Yuqori Chirchiq tumani)
«Eng chaqqon ishtirokchi» nominatsiyasi sohibi – Xasanxo’jayev Akmal Kuchkarxo’jayevich (Zangiota tumani)
«Eng quvnoq ishtirokchi» nominatsiyasi sohibi – Zaripov Ramil Sobitovich (Ohangaron shahri)
«Eng shijoatli ishtirokchi» nominatsiyasi sohibi – Mixtibayeva Mashxura (Nurafshon shahri)
«Eng yoshi ulug’ ishtirokchi» nominatsiyasi sohibi – Musoqov Akbar Masayevich (Oqqo’rg’on tumani)
«G’alabaga bo’lgan intilishi» nominatsiyasi sohibi – Tadjiyev Mirxatam Mirodilovich (Qibray tumani)
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanib, ularga diplom, esdalik sovg‘alari hamda qimmatbaho sovrinlar topshirildi.










“Kasaba uyushmalari – salomatlik sari” spartakiadasi nuroniylar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash hamda sport orqali inson salomatligini mustahkamlash borasidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: