Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila a’zolari hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun 13–15-may kunlari Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar ikki kun mobaynida shahardagi turizm maskanlari, tarixiy obidalar hamda muqaddas qadamjolarni ziyorat qildilar.
Mazkur sayohat ishtirokchilarning mazmunli hordiq chiqarishi, ularga ma’naviy ko‘mak va e’tibor ko‘rsatish, shuningdek, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari hamda boy tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.
|
|
|
|
|
|

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: