O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda Toshkent viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Oqqo‘rg‘on tumanidagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida “Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Toshkent viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova, Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i B.Mavlanov Toshkent viloyatidagi kasbiy ta’lim muassasalarining o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuvni S.Fayziyeva kirish so‘zi bilan ochib, konstitutsiyaning qabul qilinishi, unda xalqimizning orzu-istaklarining aks ettirilgani, kasaba uyushmalarining faoliyati, yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi uchun sharoitlar yaratib berish konstitutsiya bilan mustahkamlab qo‘yilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shuningdek, o‘quvchi yoshlarga kasaba uyushmalarining yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati, Yoshlar birlashmasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan loyihalar, tashkilotlardagi yosh ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlashda kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha tushuncha berildi.


Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, unda inson huquq va erkinliklarining ta’minlanganligi, yoshlarning konstitutsiya bilan ta’minlangangan ta’lim olish, mehnat qilish, ilm-fan bilan shug‘ullanishga oid huquqlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.


Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar hamda takliflar yuzasidan rahbarlarga murojaat qildilar.





Savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berildi. Bildirilgan takliflar ma’qullanib, ular yuzasidan alohida chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.




Tadbir yakunida bir guruh faol va iqtidorli yoshlar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: