O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan 26-iyun kuni Nurafshon shahrida o‘tkazilgan “Kasaba uyushmalari yoshlari – yangi O‘zbekiston bunyodkori” Respublika yoshlar forumi doirasida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Toshkent viloyatidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 50 nafar faol yoshlar Jizzax viloyati Zomin tumaniga sayohat uchun bepul yo‘llanma taqdim etuvchi sertifikatlar bilan taqdirlangan edi.
Ushbu yoshlar 2 kun davomida Zomin tumanidagi diqqatga sazovor joylar va turizm markazlarida madaniy xordiq chiqardilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: