Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

Kuni kecha Nurafshon shahar Vatanparvar bog’ida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo’limi hamkorligida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayrami hamda O’zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligiga bag’ishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda turli tarmoq kasaba uyushma a’zolari, nuroniylar, madaniyat xodimlari, taniqli aktyorlar hamda estrada yulduzlari ishtirok etdi.

Bayramona tadbirning ochilish qismida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, «Nuroniy» jamgʻarmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari A.Nosirov, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari R.Sheraliyevlar so’zga chiqib, mamlakatimizda va xususan Toshkent viloyatida amalga oshirayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, istiqlolimizni chin ma’nodagi oliy ne’mat ekanini ta’kidlab o’tdilar va yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tadbir ishtirokchilarini qutladilar.

Tadbir davomida mustaqilligimizga va kasaba uyushmalariga oid videoroliklar namoyish etildi hamda sanʼatkorlar ijrosida diltortar musiqalar tadbir qatnashchilarini xushnud etdi.

Print Friendly, PDF & Email