Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasining Chinoz tumani Kengashida hisobot-saylov konferensiyasi o’tkazildi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Chinoz tumani Kengashi IX hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada tuman Kengashining 2020-yil aprel oyidan 2025-yil may oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida tuman Kengashi raisi M.Mirsodiqov hisobot berdi. Tuman Kengashi faoliyati «qoniqarli» deb baholandi.

Muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovlar natijasiga ko‘ra M.Mirsodikov tuman Kengashi raisi etib ochiq ovoz berish yo’li bilan qayta saylandi.

Shuningdek, tuman Kengashi a’zolarining yangi tarkibi, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati tashkiloti konferensiyasiga delegat saylovlari o‘tkazildi.

Mazkur konferensiyada O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi Mehnat texnik inspektori Sh.Xazratkulov, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxramov hamda Chinoz tuman hokimi o‘rinbosari N.Koraboyevalar ishtirok etdilar.

Print Friendly, PDF & Email