O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyat Kengashining I yarim yilligi uchun mo‘ljallangan Ish rejasiga asosan viloyat Kengashi Mehnat huquq inspektori M.Mirzayev, Mehnat texnik inspektori Sh.Xazratkulovlar tomonidan O‘zbekiston yo‘l, transport va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyat Kengashiga a’zo “Bo‘ka tuman yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasida xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratish hamda mehnat munosabatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish sohasidagi ishlarning holati jamoatchilik nazorati asosida o‘rganildi.
Jamoatchilik nazorati davomida texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlariga oid, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanishi, xodimlarni dastlabki va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, ish o‘rinlarini shahodatdan o‘tkazishni tashkil etilishi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Ushbu o’rganish “Bo‘ka tuman yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi boshlig‘i L.Saynazarov xabardorligida, muassasa bosh muhandisi A.Eshmatov, yuriskonsult N.Chinnikulov, kadrlar bo‘yicha inspektor Q.Jumanqulova, boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi A.Akmalovlar ishtirokida amalga oshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: