Bugun 4-aprel kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamda Toshkent viloyati sport boshqarmasi hamkorligida Nurafshon shahridagi “Nurafshon arena” o‘yingohida 7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan “Salomatlik sari” shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi.
Marafonda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi M.Hamzayev, Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i R.Boboqulov, viloyatdagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan yosh ishchi xodimlar, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kasaba uyushmalarining 1000 nafarga yaqin yosh a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva Butunjahon salomatlik kunining tarixi, O‘zbekistonda aholining salomatligini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada kasaba uyushmalarining o‘rni va roli to‘g‘risida atroflicha fikr bildirdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar salomatlik – insonning eng katta baxti ekanligi, salomatlikni mustahkamlashda sport, xususan yurish va kundalik badantarbiya mashqlarini bajarish beqiyos ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
Shundan so‘ng «Nurafshon arena» o‘yingohi bo‘ylab 1 km masofada piyoda yurish marafoni o‘tkazildi. Shuningdek, «Xodimlar gimnastikasi» tashkil etilib, unda marafon ishtirokchilari sport-sog‘lomlashtirish mashqlarini bajardilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: