O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida Bolalarning dam olishini va sog’lomlashtirilishini tashkil etish departamenti direktorining moliya-iqtisod va rejalashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari O.Mirzamahmudov hamda viloyat Kengashi raisi S.Fayziyevalar boshchiligida 2025 yilgi yoz mavsumida oromgohlarda bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘llanmalarning oromgohlar.uz elektron platformasi orqali onlayn tarzda sotilishi yuzasidan seminar-trening o’tkazildi.
Unda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti, departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi, tarmoq kasaba uyushmalari viloyat Kengashlari va birlashgan qo‘mita raislari hamda ularning hisobchilari, viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari qatnashdilar.
Yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi “Raqamli hizmatlar qamrovi sifatni oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-sonli qarori asosida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari yo‘lanmalarini shaffof qo‘lay tarzda onlayn sotish hamda bu jarayoda karrupsiya omilarini bartaraf etish maqsadida “Oromgohlar.uz” elektron platformasi ishlab chiqilib, 2024 yilda sinov tariqasida ishga tushirilganligi va orttirilgan tajriba asosida yanada takomilashtirish uchun joriy yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimdagi barcha bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari yo‘lanmalarini to‘liq mazkur platforma orqali sotish belgilanganligi haqida tushuntirish berildi hamda 2025 yil yoz mavsumida yo‘llanma xarid qilish jarayonini osonlashtirish va shaffoflashtirish, byurokratiya va korrupsiyani oldini olish maqsadida oromgohlar.uz elektron platformasi orqali oromgohlar yo‘llanmalarining onlayn tarzda sotilishi to‘g‘risida so’z bordi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: