Konferensiyada Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Ijtimoiy-himoya masalalari bo’yicha bosh mutaxasis N.A.Muzapparova, Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Tashkiliy ishlar bo’yicha bosh mutaxasisi B.Kuvvatov va ishlab chiqarish sehlaridan saylangan delegatlar ishtirok etdilar.
Konferensiyaga «Biokimyo» AJ boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi raisi E.B.Nishonaliyev raislik qildi. Tashkilotning 2020-2025 yillarda olib borilgan faoliyati yuzasidan boshlang’ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va taftish komissiyasining hisobotlari eshitildi.
Konferensiya kun tartibiga ko‘ra tashkiliy masala ko‘rildi. Unda yashirin ovoz berish yo‘li bilan muqobillik asosida «Biokimyo» AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi lavozimiga ko‘pchilik ovozi bilan Nishonaliyev Elmurod Baxodirovich qayta saylandi. Shuningdek, boshlang’ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi saylab olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: