Oqqo’rg’on tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi o’rtasida umumiy yig’ilish va boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo’lib o’tdi. Yig’ilishida 2023—2025-yillar uchun qabul qilingan Jamoa shartnomasining 2024-yilda ijrosi to’g’risida tashkilot rahbari va BKUT raisi hisobotlari tinglandi.
Hisobot-saylov konferensiyasi kun tartibida kasaba uyushma qo’mitasining 2020-yildan 2025-yiliga qadar bo’lgan davrdagi ish faoliyati yuzasidan hisoboti, qo‘mita a’zolari tarkibiga saylov va tuman tashkiloti konferesiyasiga delegat saylovi kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Boshlang’ich kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Utamishev Olimjon Tursenbekovichning hisoboti qoniqarli deb baholandi.
Yig’ilishda Mirzayev Baxodir Nigmatovich viloyat tashkilotchisi va tuman Kengashi raisi Subonov Qodirali Axmadqulovich ishtirok etishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: