Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tarmog‘ida hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

2025-yil 24-fevral kuni Toshkent tumani 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023 – 2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi hamda kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisining hisoboti tinglandi. Jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilish yuzasidan ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning dalolatnomasi tasdiqlandi.

Umumiy yig‘ilishning ikkinchi yarmida kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-yil fevral oyidan 2025-yil fevral oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti, kasaba uyushma qo‘mita raisligiga saylov, qo‘mita a’zolari tarkibiga saylov, tuman tashkiloti konferesiyasiga delegat hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil saylash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Maktabda saylov ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi.

Print Friendly, PDF & Email