Mamlakatimizda so‘nggi yillarda sportni rivojlantirish va ommalashtirish yo‘nalishida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, unda sport turlari, shu jumladan, suv sport turini rivojlantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berildi.
🔺Joriy yilning 18-fevral kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida O‘zbekiston Suv sporti Federatsiyasining raisi Q.Rafikov rahbarligida Suv sporti Federatsiyasining Konferensiyasi o‘tkazilib, unda Federatsiyaning yangi taxrirdagi Ustavini tasdiqlash, o‘rinbosarlarni saylash va boshqa tashkiliy masalalar ko‘rilib, yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi ishlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan edi.
🔺Kuni kecha, O‘zbekiston Suzish federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi S.Fayziyeva tomonidan viloyatdagi mavjud suv sportiga ixtisoslashgan sport maktablari rahbarlari, murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🥇Uchrashuv davomida viloyatda suv sporti turlarini rivojlantirish, joylardagi suv havzalarining ahvoli, ularning moddiy-texnik bazasi, suv sporti bilan shug‘ullanayotgan sportchilarning respublika va xalqaro musobaqalarida ishtirokini ta’minlash, litsenziyalarni qo‘lga kiritish bilan bog‘lik muammolar muhokama qilinib, kalendar rejalar asosida suv sporti turi bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etildi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: