KASABA UYUSHMALARI YOSHLARI – YANGI O‘ZBEKISTON BUNYODKORI

Kasaba uyushmalariga 120 yil Viloyat yangiliklari Yangiliklar

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan joriy yilning 24-27-iyun kunlari “Kasaba uyushmalari yoshlari – yangi O‘zbekiston bunyodkori” respublika yoshlar forumi tashkil etildi.

26-iyun kuni respublika yoshlar forumiga Toshkent viloyati Nurafshon shahri mezbonlik qildi.

Forum doirasidagi tadbirlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mas’ullari, Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar kasaba uyushmalari kengashlari raislari, mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan jami 182 nafar yosh ishtirokchi qatnashdi.

Dastlab forum ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosarlari O.Sultanbekov, J.Babadjanov, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi N.Xojiyev, Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanovlar ishtirok etdi.

Shundan so‘ng, Yoshlar markazida “Kasaba uyushmalari yoshlar harakati yetakchilari”, “Axborot texnologiyalari va raqamli innovatsiyalar”, “Musiqiy ijod va ijro”, “Ilmiy tadqiqot va innovatsiya”, “Sport va jismoniy faollik”, “Intellektual rivojlanish va ta’lim”, “Adabiyot va she’riyat” kabi jami 13 ta yo‘nalishlarda guruhlarga bo‘linib, o‘z g‘oyalari va ishlanmalari aks etgan taqdimotlarini tayyorladi.

Kunning ikkinchi yarmida guruhlar o‘zlari tayyorlagan taqdimotlarini kasaba uyushmalari faollariga namoyish etdi.

Taqdimotlar yakunida forumning barcha ishtirokchilari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Forum doirasidagi tadbirlar “Nurafshon arena” markaziy o‘yingohida davom ettirildi. Markaziy o‘yingohda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan madaniy bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirda 10 000 nafardan ziyod yoshlar, xususan, “Kasaba uyushmalari yoshlari – yangi O‘zbekiston bunyodkori” respublika yoshlar forumi ishtirokchilari qatnashdi.

Tadbir avvalida Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari B.Maxmadaliyev bayram munosabati bilan yoshlarni tabrikladi. “Kasaba uyushmalari yoshlari – yangi O‘zbekiston bunyodkori” respublika yoshlar forumi ishtirokchilarining murojaatnomasi o‘qib eshittirildi. Viloyatning bir qator faol yoshlari ilmiy va mehnat faoliyatlarida erishgan yuksak natijalari uchun tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Estradamiz yorqin ijodkorlari tomonidan tashkil etilgan shou-konsert dasturi yoshlarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

 

 

Print Friendly, PDF & Email