«Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyasi» ning navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Viloyat yangiliklari Yangiliklar

2025-yil 11-aprel kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hokimligining majlislar zalida Toshkent viloyatining «Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyasi» ning navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari S.Artikova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Toshkent viloyati hokimi o’rinbosari — oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig’i N.Normirzayeva, viloyat komissiyasi a’zolari, mas’ul boshqarma va tashkilot vakillari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan tuman (shahar)larga biriktirilgan mas’ullar, tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari ishtirok yetishdi.

Komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi «Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-103-son Qarorining  ijrosi hamda «Ayollar daftari» tizimining 6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga amaliy yordam berish ishlarini tashkil yetish  masalalari muhokama etildi.

 

Xususan, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka o‘qitish va  keng jalb etish, tomorqachilikni rivojlantirish va «Ayollar daftari»dagi yordamlardan tashqari qo‘shimcha yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha  galdagi vazifalar belgilab olindi.

Print Friendly, PDF & Email