UCH TOMONLAMA KOMISSIYA YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

Kengash yangiliklari Yangiliklar

So‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi mehnat munosabatlari, ischi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamoat tashkilotlari, davlat idoralari va ish beruvchilar o‘rtasida samarali ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha 2023 – 2025-yillar uchun Hududiy jamoa kelishuvi imzolanib amaliyotga tadbiq etib kelinmoqda.

Joriy yil 8-aprel kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi majlislar zalida Toshkent viloyati hududiy jamoa kelishuvining 2024-yilda bajarilishi bo‘yicha «Uch tomonlama komissiya» yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda faoliyat yurituvchi bir qator davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlarining mas’ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida mas’ullar tomonidan Hududiy jamoa kelishuvida belgilangan maqsad-vazifalarning amaliyotga tadbiq etishili, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berildi.

Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklar yuzasidan fikr almashilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Print Friendly, PDF & Email