O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tizimida hisobot-saylovi o’tkazildi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar

O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasining Angren shahar Kengashi tarkibidagi 37-sonli ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyat va boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi hamda 2025-yil uchun qo‘shimchalar kiritish va boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Umumiy yig‘ilishida jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan tashkilot direktori Y.M.Kurnishova va kasaba uyushma qo‘mita raisi O.G.Shegayning hisobotlari tinglandi.

Hisobot -saylov yig‘ilishi kun tartibida boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitasining 2020-2025-yillardagi faoliyati yuzasidan hisoboti, kasaba uyushma qo‘mita raisligiga va rais o‘rinbosarligiga saylov ochiq ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi.

Print Friendly, PDF & Email