Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tizimida hisobot-saylov yig’ilishi o’tkazildi.

Hisobot-saylov yig'ilishlari Yangiliklar
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Yuqori Chirchiq tuman bo‘linmasi kengashi tizimidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2023 — 2025-yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yildagi ijrosi hamda hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Jamoa shartnomasining 2024-yildagi bajarilishi bo‘yicha maktab direktori va kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining hisobotlari tinglandi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning  dalolatnomasi o‘qib eshittirildi. 2024-yilgi faoliyat bir ovozdan «qoniqarli» deb baholandi.
Hisobot-saylov yig‘ilishida kasaba uyushma qo‘mitasi raisi tomonidan 2020-2025-yillar davomida amalga  oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti oʻqib eshittiridi. Shu davr ichidagi faoliyati uchun kasaba uyushma qo‘mitasi raisi hisoboti bir ovozdan «qoniqarli» deb baholandi. Ochiq ovoz berish yo‘li bilan kasaba uyushma qo‘mita raisi, o‘rinbosari, qo‘mita tarkibi  hamda tuman  konferensiyasiga delegat  saylanib tegishli qarorlar qabul qilindi.
Print Friendly, PDF & Email