2025-yil 12-mart kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari kasaba uyushmasi Nurafshon shahar kengashi tizimidagi “Angren shakar” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotida ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023 — 2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi hamda boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot- sayloviga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan ish beruvchilar hamda kasaba uyushmasi raisining hisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomasining ijrosi yuzasidan ijtimoiy mehnat masalalari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Konferensiyaning ikkinchi yarmida boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining 2020-yil fevral oyidan 2025-yil fevral oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti, kasaba uyushma qo‘mita raisligiga, qo‘mita a’zolari tarkibiga, taftish komissiyasi tarkibiga, taftish komissiyasi raisiligiga va shahar tashkiloti konferesiyasiga delegatlar saylovi masalalari ko‘rib chiqildi.

Konferensiyada ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda taftish komissiyasi hisobotlari tinglandi. Kasaba uyushma tashkilotining 2020 yil fevral oyidan 2025 yil fevral oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyatiga konferensiya delegatlari tomonidan qoniqarli deb topildi. Taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra “ Angren shakar” mas’uliyati cheklangan jamiyati kasaba uyushma qo‘mitasi raisi etib Yuldashev Baxodir Ismailovich qayta saylandi.

Konferensiyada O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi U.Z.Muxamedov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Tashkiliy bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Odilxonova, O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Tashkiliy ishlar bo‘lim mudiri S.Sayfullayev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi rais o‘rinbosari O’.Rashidov, O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasining Toshkent viloyati bo‘yicha ma’sul tashkilotchisi B.Mirzayev, “Angren shakar” MCHJ bosh direktori R.Akbarxodjayevlar ishtirok etdilar.

Respublika Kengashi raisi U.Muxamedov tomonidan Konferensiya ishtirokchilariga so‘nggi yillarda kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va bu yil O‘zbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanishi hamda kasaba uyushmasiga oid boshqa yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: