Ushbu tadbirda O’zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o’rinbosari E. Bayniyazov, O’zbekiston kasaba uyshmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi o’rinbosari L.Xolmuminova, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchisi D.Sa’dullayev, universitet rahbariyati va pedagog xodimlari hamda talabalari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mas’ullari bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida ta’kidlab, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi hamda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so‘z yuritdi. Shuningdek, universitet rektori, kasaba uyushmalari faoli A.Umarov 65 yoshga to’lgani munosabati bilan tabriknoma va esdalik sovg’alari topshirildi.

Tadbir davomida oliygohda kasbiy va ijodiy faoliyati orqali yutuqlarga erishib kelayotgan, o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan bir qator professor-o‘qituvchilar kasaba uyushmalari viloyat kengashi tomonidan faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari hamda 2025-yil davomida Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan uch kunlik sayohatga bepul yo’llanma beruvchi sertifikatlar bilan taqdirlandi.


Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: