O‘zbekiston Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati birlashgan qo‘mita tizimidagi Yoshlar ishlari agentligi Piskent tuman bo‘limida ma’muriyat va boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti o‘rtasida 2023 — 2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi hamda 2025-yil uchun qo‘shimchalar kiritish va maktab boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Umumiy yig‘ilishda jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan tashkilot rahbari T.Tursinboyev va boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti raisi O.Abduraximovlarning hisobotlari tinglandi.

Hisobot-saylov yig‘ilishi kun tartibida boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti raisining 2020-yil fevral oyidan 2025-yil fevral oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yuzasidan hisoboti, boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mita raisligiga saylov, qo‘mita a’zolari tarkibiga saylov va birlashgan qo‘mita konferensiyasiga delegat saylovi kabi masalalar ko‘rib chiqildi va bir ovozdan ochiq ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi.

Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: