Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati tadbiri o’tkazildi

Kengash yangiliklari Yangiliklar

Ma’lumki, mehnat muhofazasi sohasida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan ham bu borada muntazam ravishda amaliy chora-tadbirlar o‘tkazib kelinadi.

💬Xususan, joriy yilning 25-fevral kuni O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashining Mehnat huquq inspektori M.Mirzayev hamda Mehnat texnik inspektori Sh.Xazratkulov tomonidan Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasiga a’zo “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filalining “Piskent tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Print Friendly, PDF & Email