«Agrar sektorda band bo‘lgan xotin-qizlar va erkaklarning malakasini oshirish” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar

Ayni paytda Toshkent viloyatida 169 nafar ayol fermerlar faoliyat olib boradi. Fermer xo‘jaliklari tarkibida ham yuzlab ayollar mehnat qiladi. Xo‘sh, qishloq xo‘jaligida gender tenglik masalalari nechog‘lik muhim ahamiyat kasb etadi? Umuman, mazkur yo‘nalishdagi gender jihatlarni kuchaytirish borasida viloyatda qanday ishlar amalga oshrilmoqda va endilikda nimalar qilinmog‘i lozim?

Joriy yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi tomonidan “Agrar sektorda band bo‘lgan xotin-qizlar va erkaklarning malakasini oshirish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv-seminar aynan ana shu mavzuga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 10-fevraldagi SQ-875–IV-son qarori bilan tasdiqlangan 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari dasturiga asosan tashkil etilgan ushbu seminarda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Kadirxanova, Toshkent viloyati xokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Mirgaziyeva, Qishloq xo‘jaligi vazirligining Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash bo‘yicha maslahat kengashi raisi D.Imomova, Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish bo‘limi mudiri Sh.Begimqulova, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilot rahbarlari va viloyatda faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdi.

Seminarni viloyat kengashi raisi S.Fayziyeva kirish so‘zi bilan ochib, gender tenglikni ta’minlash masalalariga xalqaro tashkilotlarning munosabati, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, kasaba uyushmalari tomonidan xotin-qizlarning mehnatga oid huquqlarini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, oila va xotin-qizlar yo‘nalishiga doir 80 dan ortiq (53 tasi gender tenglik strategiyasi asosida) normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga tadbiq etildi. Viloyat bo‘yicha joriy yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 40 ming nafardan ortiq xotin-qizlar kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitilgan, 39 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan, 2024 yil 5-bosqichda esa, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 90 358 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 70 ming nafariga yordam ko‘rsatilgan.

Seminarda so‘zga chiqqanlar gender tenglik masalalarining davlat va jamiyat rivojidagi o‘rni, bu borada qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, amalga oshirilayotgan ishlar va kutilayotgan natijalar hamda xalqaro hamjamiyatning e’tirofi to‘g‘risida so‘zladilar.

Seminarda ishtirokchilar tomonidan Davlat boshqaruvi Akademiyasida tashkil etilayotgan “Rahbar ayollar maktabi” loyihasi doirasida agrar yo‘nalishda ham o‘quv kurslarini tashkil etish, “Gender tenglik faoli” ko‘rik-tanlovida ishtirok etish taklifi. ilgari surildi.

O’zbekiston kasaba uyushmasi Toshkent viloyati Kengashi

Print Friendly, PDF & Email