«O‘zmetkombinat» AJ birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan «O‘zbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirga taklif etilgan Bekobod shaxar hokimi maslahatchisi Ulug‘bek Abdunazarov, Bekobod tumani hokimi maslahatchisi Saida Suvonova, kombinat xotin-qizlar kengashi raisi Marxabo Xoliqovalar o‘z so‘zlarida davlatimiz gerbi mamlakatimizning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardan biri ekanligini ta’kidlab, yurtimiz gerbi o‘zida katta ma’no-mazmunni mujassam etib, yuksak did va mahorat bilan ishlangani uni hurmat qilish, asrash – barchamizning fuqarolik va burchimiz ekanligini aytib o‘tishdi.
Tadbir davomida ishchi-xodimlar o‘rtasida «Davlat gerbi iftixor ramzi» mavzusida viktorina o‘tkazilib, g‘oliblarga birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom hamda o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari to‘plami sovg‘a qilindi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: