Majburiy mehnat barham topadi

Boshqa yangiliklar

— Ko‘p bo‘lgani yo‘q, o‘qituvchi, tarbiyachi, tibbiyot xodimi deyilsa, majburiy mehnat; majburiy mehnat deyilsa, hamshira, bog‘cha opa, muallim ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘lardi. Ochig‘i, bu atamalar o‘zaro sinonim bo‘layozgandi.

Bugun majburiy mehnatning barham topayotganligini ko‘pgina jabhalarda ko‘rish mumkin. Masalan, davlat va turli muassasalari xizmatchilarini paxta mavsumida majburiy terim ishlariga jalb qilish, hokimlarning topshirig‘i bilan uyushtirilgan ommaviy xasharlarga majburan chiqarish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmayapti. Shuningdek, o‘zbek paxtasiga bo‘lgan baykotning olib tashlanishi majburiy mehnat ustidan qozonilgan g‘alabaning amaliy ifodasidir. Yoki bo‘lmasa, ommaviy xasharlarni olaylik. Hozirda ishchilar ma’lum bir belgilangan kunlarda o‘z roziligi bilan hasharlarda ishtirok etyapti. Bu borada qonunbuzilishi holatlarini ko‘rmaysiz. Yuzaga kelgan taqdirda ham zudlik bilan qonuniy chora ko‘rilmoqda.

Muxtasar aytganda, yangilanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining 44-moddasida “Sud qarori bilan tayin langan jazoni ijro etish tartibidan yohud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat ta’qiqlanadi. Bolalar mehnatining bolaning sog‘ligiga, xavfsizligiga, ahloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari ta’qiqlanadi” deya belgilanganligi — majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishining oldini olishda yanada mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Men ham hamma qatori referendumda ishtirok etaman va o‘z pozitsiyamni bildiraman.

Shokir Xazratqulov,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi mehnat texnik inspektori

Print Friendly, PDF & Email