Kasaba uyushmasiga aʼzo boʼlish ixtiyoriydir.
Kasaba uyushmasi Ustavi talablarini tan oluvchi va bajaruvchi, aʼzolik badallarini muntazam toʼlab boruvchi 18 yoshga toʼlgan har bir fuqaro kasaba uyushmasi aʼzosi boʼlishi mumkin.
Аgar 16 yoshga toʼlgan fuqaro ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʼlsa yoki oʼquv yurtida tahsil olayotgan boʼlsa, kasaba uyushmasi aʼzoligiga kirishi mumkin.
Kasaba uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish va undan chiqish fuqaroning shaxsiy arizasiga binoan, kasaba uyushmasi guruhi, sex, boshlangʼich tashkiloti yigʼilishida amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish va undan chiqish sanasi tegishli qaror qabul qilingan kundan hisoblanadi.Kasaba uyushmasiga qabul qilingan fuqaroga boshlangʼich tashkilotning kasaba uyushmasi qoʼmitasi (tashkilotchisi) tomonidan yagona namunadagi aʼzolik bileti beriladi.
Kasaba uyushmasi tashkiloti boʼlmagan korxona, tashkilot, muassasa yoki boshqa ish joylarida xodimlar va oʼquvchilarni kasaba uyushmasi aʼzoligiga qabul qilish kasaba uyushmalarining tuman (shahar) kengashlari rayosatlari, birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitalari tomonidan amalga oshiriladi.
Bir kasaba uyushmasidan boshqa kasaba uyushmasiga oʼtganda, mehnat faoliyati vaqtincha yoxud butunlay toʼxtatilgan hollarda kasaba uyushmasi tashkiloti bilan aloqani uzmaslik va aʼzolik badallarini toʼlab turish sharti bilan, kasaba uyushmasiga aʼzolik saqlanib qolinadi.
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: