Savol-javoblar

«Sinov muddatida bo‘lgan xodim ishga kechikkanligi uchun unga jarima solish qonuniymi?» Mehnat kodeksining (MK) 181-moddasi ish beruvchiga mehnat intizomini buzgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash imkoniyatini beradi. Bu shu jumladan sinov davrida ham amal qiladi, sababi bu davrda xodimlarga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va korxonada o‘rnatilgan mehnat shartlari to‘liq tatbiq etiladi (MKning 86-moddasi). [/su_spoiler]

«Mehnat majburiyatlari buzilganligining qaysi holatlarini Mehnat kodeksi bir marta qo‘pol ravishda buzish deb hisoblab, ular sodir etilganligi uchun xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin?» Mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganlik Mehnat kodeksining (MK) 100-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa qoidabuzarliklar singari mehnat majburiyatlarini buzganligi (bajarmaganligi) uchun mehnat shartnomasini to‘xtatish uchun asos bo‘lishi mumkin. MKning 100-moddasi ikkinchi qismining 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslarning qo‘llanilish tartibi turlichadir. Agar 3-band bo‘yicha mehnat majburiyatlariga surunkali rioya qilinmaganligi holatlaridagina mehnat shartnomalari to‘xtatilishi mumkin bo‘lsa, 4-band bo‘yicha xodim agar u qo‘pol ravishda bo‘lsa, mehnat majburiyatlarini bir marta buzganligi uchun ishdan bo‘shatilishi mumkin.

Print Friendly, PDF & Email