Lavozim yo‘riqnomasi
Kengash, Ijroiya qo‘mita aʼzosi hamda raisi hisoblanadi va besh yil muddatga saylanadi.
Kengashning saylanma organlari ishiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ijroiya qo‘mita belgilagan pul mablag‘larini tasarruf etadi;
Kengash apparati xodimlari bilan mehnat shartnomasini tuzadi (o‘zgartiradi, bekor qiladi), xodimlarning funksional vazifalarini, bo‘limlar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlaydi;
Kengash apparatining faoliyati bilan bog‘liq farmoyishlar chiqaradi;
Kengash apparati xodimlari o‘rtasida hamkorlikni taʼminlaydi, bo‘limlarda belgilangan tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Kengash apparati xodimlari tomonidan ijro intizomiga rioya etilishini taʼminlaydi hamda nazorat qiladi, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qiladi, bajarilishi majburiy bo‘lgan qonuniy farmoyishlar chiqaradi (og‘zaki topshiriqlar beradi), Kengash nomidan ishonchnoma beradi;
Tarmoq kasaba uyushmalari bilan hudud bo‘yicha masʼul tashkilotchi, Federatsiyaga aʼzo tashkilotning hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimiga nomzodlarni kelishadi;
Kasaba uyushmalari hudud bo‘yicha masʼul tashkilotchilari, Federatsiyaga aʼzo tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari bilan tuman, shahar kengashlari raislari lavozimiga nomzodlarni kelishadi;
Kasaba uyushmasi va ijtimoiy sug‘urta budjeti mablag‘lari bo‘yicha moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo qo‘yuvchi (kredit taqsimlovchi) hisoblanadi va ularning maqsadli sarflanishi uchun javobgar hisoblanadi;
Unga vakolat berilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Quyidagi masalalar yuzasidan Kengash apparati ishini tashkil etadi, belgilangan vazifalarning tezkor hal etilishini taʼminlaydi va natijasi uchun shaxsan javob beradi:
Mehnat, bandlik, ijtimoiy muhofaza, sog‘lomlashtirish, madaniyat, sport va boshqa masalalar bo‘yicha tegishli idoralarga takliflar kiritish, ularning amalga oshirilishiga erishish;
Zarur hollarda kadrlarni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlashni ish beruvchilar, tegishli idoralar rahbariyatidan talab qilish;
Aholining turli guruhlari va qatlamlari turmush darajasini o‘rganish, aholi daromadi, xalq isteʼmoli mollari va xizmatlar narxi o‘sishi indeksi nisbatini tartibga solish bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
Hududda amalga oshirilayotgan umumdavlat manfaatlariga taalluqli ishlarda, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda ishtirok etish;
Murojaatlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish va nazorat qilish;
Kasaba uyushmalari aʼzolariga yuridik xizmat ko‘rsatish;
Korxona va tashkilot xodimlari o‘rtasida madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil qilishda Federatsiya apparatining madaniy-maʼrifiy va sport ishlari bo‘limi bilan hamkorlik qilish, uyushmalararo tadbirlarni o‘tkazish;
Hududdagi kasaba uyushmalari tashkilotlariga Federatsiya tizimidagi sanatoriylarga Sanator-kurortlar boshqarmasidan, shuningdek o‘rnatilgan meʼyorlarga amal qilgan holda korxona va tashkilotlar tasarrufidagi sanatoriy va dam olish uylaridan xarid qilingan yo‘llanmalarni berish hamda bolalar dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohlari faoliyatini tashkil qilish, moliyalashtirish masalalarini hal qilish, xodimlar va ularning oila aʼzolarini sog‘lomlashtirish hamda madaniy dam olishlarini tashkil etish;
Tuman, shahar kengashlari, Respublika kengashlarining masʼul tashkilotchilari, Federatsiyaga aʼzo tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari bilan hamkorlikda boshlang‘ich tashkilotlarda kasaba uyushmalariga aʼzolik badallari tushumi to‘liqligini taʼminlash;
Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikni Kengashning faoliyati to‘g‘risida xabardor etish;
Federatsiya tomonidan talab qilinayotgan axborot va hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish.
Lavozim yo‘riqnomasi
Tuzilma bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Kengash apparatida mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini doimiy nazorat qilib boradi, o‘z vazifalarini tegishli ravishda bajarmayotgan xodimlar yuzasidan Kengash raisiga takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, viloyat hokimligi qarorlari, Kengash Konferensiyasi, Plenumi va Kengash Ijroiya qo‘mitasi qarorlari ijrosini ta’minlanishini nazorat qiladi;
Kengashi apparati mas’ul xodimlari lavozimlariga nomzodlarni tanlashda ishtirok etadi va viloyat Kengashi raisiga nomzodlar yuzasidan takliflarni kiritadi;
Kengash, Ijroiya qo‘mitasi majlislarida muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan kiritilgan materiallar sifatini nazorat qiladi;
Kengashning jamoa shartnomalari loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish komissiyasiga rahbarlik qiladi;
Viloyatdagi kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
Yo‘nalish doirasida chet el kasaba uyushmalari markazlari bilan hamkorlik qilishning yangi shakllarini qaror toptirish va rivojlantirish, umuminsoniy manfaatlarni himoya qilish borasida ular bilan yaqindan aloqalar o‘rnatish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Kengash raisi huzuridagi yig‘ilish topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi;
Kengashi apparati mas’ul xodimlarining xizmat safarlari samaradorligini tahlil qilib boradi;
Fuqarolar va yuridik shaxslarning yo‘nalish faoliyatiga tegishli murojaatlarining belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi;
Kengash raisi xizmat safarida, mehnat ta’tilida yoki davolanishda bo‘lgan davrda Kengash raisi vazifasini vaqtincha bajarib turadi;
Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Lavozim yo‘riqnomasi
Tuzilma bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘limlarni ish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Kengash apparatida mehnat va ijro intizomiga rioya etilishini doimiy nazorat qilib boradi, o‘z vazifalarini tegishli ravishda bajarmayotgan xodimlar yuzasidan Kengash raisiga takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, viloyat hokimligi qarorlari, Kengash Konferensiyasi, Plenumi va Kengash Ijroiya qo‘mita qarorlari ijrosini ta’minlanishini nazorat qiladi;
Madaniy-ma’rifiy, milliy g‘oya targ‘iboti, sport targ‘ibot-tashviqot ishlarini hamda bolalarni oromgohlarda dam oldirish va sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirib hamda yo‘naltirib boradi;
Bolalar dam oldirish va sog‘lomlashtirish Konsepsiyasiga muvofiq bolalarni oromgohlarda dam oldirish va sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq masalalarning tashkil etilishini muvofiqlashtirib boradi;
Kengash apparati mas’ul xodimlari lavozimlariga nomzodlarni tanlashda ishtirok etadi va viloyat Kengashi raisiga nomzodlar yuzasidan takliflarni kiritadi;
Kengash Ijroiya majlislarida muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan kiritilgan materiallar sifatini nazorat qiladi;
Idora va tashkilotlar bilan mehnatkashlar farzandlarini oromgohlarda dam oldirish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish ishlarini muvofiqlashtiradi va ushbu masalalar bo‘yicha davlat organlariga takliflar tayyorlaydi;
Kengash raisi huzuridagi yig‘ilish topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi;
Viloyatdagi kasaba uyushma tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hududiy Kelishuvga xodimlarning madaniy-ma’rifiy ehtiyojlarini himoya qilish, ularning farzandlarini dam oldirish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Tegishli bo‘limlar tomonidan Kengashning rasmiy veb-saytiga ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilishini, veb-saytda yoritilayotgan ma’lumotlarning sifati hamda haqqoniyligini nazorat qiladi;
Kengash apparati mas’ul xodimlarining xizmat safarlari samaradorligini tahlil qilib boradi;
Fuqarolar va yuridik shaxslarning yo‘nalish faoliyatiga tegishli murojaatlarining belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
Kengashning tasdiqlangan Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa tegishli vazifalarni amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: